Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YASHNOBOD TUMANIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI, AVTOBUS BEKATI VA TRANSPORT TIRBANDLIKLARI MASALALARI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ YASHNOBOD TUMANIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI, AVTOBUS BEKATI VA TRANSPORT TIRBANDLIKLARI MASALALARI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turobjonov tomonidan Yashnobod tumanidagi “Ma’rifat”, “O‘qchi” va “Olmazor” mahallalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat transporti infratuzilmasini yaxshilash hamda transport tirbandliklarining oldini olish masalalari yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I. Idirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘roviga Yashnobod tumani “Ma’rifat” mahallasi hududidagi yo‘l harakati xavfsizligi va transport infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asos bo‘lgan. Xususan, “Boku” va “Qashqadaryo” ko‘chalari oralig‘ida joylashgan T-simon chorrahada yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘layotgani, bu esa piyodalar va haydovchilar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani bildirilgan.

🚦 Murojaatlarda mazkur chorrahada transport vositalari harakatini tartibga solish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish maqsadida svetofor o‘rnatish zarurligi qayd etilgan.

🚌 Shuningdek, “Ma’rifat” mahallasi hududida avtobus bekatini tashkil etish masalasi ham ko‘tarilgan. Fuqarolarning kundalik qatnovini yengillashtirish, jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga qulay transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida mazkur hududda yangi avtobus bekatini tashkil etish imkoniyatini o‘rganish zarurligi ta’kidlangan.

♻️ Bundan tashqari, Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 15/11-uy manzilida joylashgan 5-Diviziya jarima maydonchasiga kelayotgan transport vositalari sababli hududda harakatlanayotgan avtobuslar va boshqa avtomobillar qatnovida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

📉 Xususan, “O‘qchi”, “Olmazor” va “Ma’rifat” mahallalaridan chiqayotgan fuqarolar transport vositalarining ko‘pligi sababli asosiy ko‘chaga chiqish va o‘z yo‘nalishida harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani bildirilgan. Mazkur holat nafaqat fuqarolarning kundalik qatnoviga, balki jamoat transportining uzluksiz harakatlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i I. Idirovdan “Boku” va “Qashqadaryo” ko‘chalari oralig‘idagi T-simon chorrahada yo‘l harakati xavfsizligi holatini o‘rganish hamda svetofor o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

🚏 Deputatlik so‘rovida “Ma’rifat” mahallasida avtobus bekatini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish va ushbu masalani hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish, shu orqali mahalla aholisi uchun jamoat transportidan foydalanish sharoitlarini yaxshilash masalasi ham ilgari surilgan.

🚗 *Shuningdek, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 15/11-uydagi 5-Diviziya jarima maydonchasiga kelayotgan transport vositalarining yo‘l harakatiga ta’sirini o‘rganish, “O‘qchi”, “Olmazor” va “Ma’rifat” mahallalaridan chiqayotgan fuqarolar hamda jamoat transporti harakatiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish, tirbandliklarning oldini olish va transport oqimini tartibga solish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash so‘ralgan.

🤝 Yashnobod tumanidagi “Ma’rifat”, “O‘qchi” va “Olmazor” mahallalarida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, jamoat transporti qatnovini yaxshilash, tirbandliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan mazkur masalalar deputat Sadriddin Turobjonov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1