Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

HAFTALIK FAOLIYAT SARHISOBI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI E’TIBOR MARKAZIDA

🗓 12–16-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hafta davomida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

📊 Aholi murojaatlari tahlil qilindi
Doimiy komissiya yig‘ilishida 2026-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

📱Xalq qabulxonasi mudiri Dilmurod Mamatqulov tomonidan taqdim etilgan axborot asosida murojaatlar soni, takroriy va jamoaviy murojaatlar, shuningdek, ayrim sohalarda muammolar ko‘payishining sabablari muhokama qilindi.
🔎 Muammolarning tub sabablarini aniqlashga e’tibor qaratildi

✅Murojaatlar tahlilida elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, kadastr, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, bandlik va yo‘l infratuzilmasi kabi yo‘nalishlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni manzilli o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

🌐Ayniqsa, takroriy murojaatlarning oldini olish, mas’ul tashkilotlar tomonidan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolarga qonuniy va asoslantirilgan javoblar berilishi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🚦 Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik
Doimiy komissiya a’zosi, deputat M. Pardayev biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik doirasida tuman Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uchrashdi.

✅Muloqot davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini oshirish hamda profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
🏠 Saylovchilar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

🌐Lolazor mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish jarayonida fuqaro Saidova Shoistaning Kamolot ko‘chasidagi 4 kilometr yo‘lni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaati ham ko‘rib chiqildi.

✅Mazkur masala hududdagi yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish nuqtayi nazaridan e’tiborga olindi.

🤩 Asosiy vazifa — natijadorlik va deputatlik nazorati
Doimiy komissiyaning haftalik faoliyatida aholi murojaatlarini shunchaki ko‘rib chiqish bilan cheklanmasdan, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️