Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

PASTDARG‘OM TUMANIDA 22 TA MAHALLADAGI 26 TA ICHKI KO‘CHANI TA’MIRLASH REJALASHTIRILGAN

 PASTDARG‘OM TUMANIDA 22 TA MAHALLADAGI 26 TA ICHKI KO‘CHANI TA’MIRLASH REJALASHTIRILGAN

📍 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Pastdarg‘om tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxat shakllantirilgan.

📊 Asosiy ko‘rsatkichlar:
🛣 22 ta mahalla hududidagi 26 ta ichki ko‘cha ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
📏 Yo‘llarning umumiy uzunligi — 14 130 metr.
📐 Ta’mirlanishi belgilangan yo‘l qismlarining umumiy maydoni — 56 223 kvadrat metr.
😀 Jami ajratilgan mablag‘ — 4 mlrd 400 mln so‘m.
🔧 Ushbu mablag‘lar, asosan, asfalt-beton qoplamali yo‘llardagi chuqurchalar va buzilgan qismlarni kartasimon usulda joriy ta’mirlash, ichki yo‘llarning foydalanish holatini yaxshilash hamda aholiga qulay transport sharoitlarini yaratishga yo‘naltiriladi.

📌 Ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan mahallalar:
Bog‘ishamol
Qozoq Nayman
Nayman
Mirzatup
Eski Juma
Navoiy
Sh. Rashidov
Oltiqahramon
Yangiobod
Boldir
Tuqboy
Mang‘itobod
Ilm
Parchaqara
Novchandir
Parchachandir
Yangisanoat
Gulakandoz
Baxshiboyi
Gulobod
Kichik Nayman
Navbahor

✅ Asosiy maqsad — mahallalardagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish.

📱 Manzilli ro‘yxat asosida amalga oshiriladigan ishlarning sifati, mablag‘larning maqsadli sarflanishi va belgilangan yo‘l qismlarida ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️