Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-«Gulzor» saylov okrugi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berdi. Uchrashuvda «Gulzor» va «Ibrohim ota» mahallalari faollari hamda 16-sonli umumta’lim maktabi vakillari ishtirok etdi.
➡️ Deputatlik faoliyati sarhisobi: 🔹Hisobot davomida deputat joriy yilning III choragi mobaynida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 6 ta sessiyasi va 5 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etgani, tuman hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslar bilan qatnashgani haqida ma’lumot berdi.
🔹Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida kommunal infratuzilma, ekologik holat, hujjatlashtirish va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilgani ta’kidlandi.
🔹 Muloqot davomida deputat davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib, Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.
🔹Shu bilan birga, deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchasi ta’mirlandi. «Gulzor» mahallasidagi Chuqursoy 5-tor ko‘chasi, 70-B-sonli ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari deputat hisobidan amalga oshirildi. Mazkur ishlar bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish muhitini yaratishga qaratilganligi qayd etildi. 🗣 Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va savollarini bildirdilar. Deputat tomonidan berilgan savollarga javob qaytarilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Deputat saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, ularning manfaatlarini ifoda etish hamda hududdagi dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishini bildirdi.