AHOLI MUROJAATLARI TAHLILI: TAKRORIY MUROJAATLAR VA TIZIMLI MUAMMOLARGA E’TIBOR KUCHAYTIRILADI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 35-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi doirasida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish va davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish masalasi ko'rib chiqildi.
📊 2026-yilning 9 oyi davomida Pastdarg‘om tumanida murojaatlar bilan ishlash holati:
🔹 7 083 ta — Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar.
🔹 2 212 ta — ijobiy hal etilgan murojaatlar.
🔹 35,8 foiz — murojaatlarning ijobiy hal etilish ko‘rsatkichi.
🔹 1 040 ta — takroriy murojaatlar.
🔹 44 ta — jamoaviy murojaatlar, shundan atigi 2 tasi ijobiy hal etilgan.
⚠️ Ushbu ko‘rsatkichlar murojaatlar bilan ishlashda mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, ularning sabablarini aniqlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.
🔎 Aholini qiynayotgan asosiy masalalar:
▪️ Tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti;
▪️ Kadastr va ijtimoiy himoya masalalari;
▪️ Sog‘liqni saqlash va aholi bandligi;
▪️ Aliment undirish;
▪️ Ichki yo‘llarni ta’mirlash;
▪️ Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan bog‘liq muammolar.
📍 Endilikda asosiy e’tibor nimaga qaratilishi lozim?
✅ Takroriy va jamoaviy murojaatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash;
✅ Murojaatlarni faqat rasman yopish bilan cheklanmay, ularni mazmunan hal etish;
✅ Muammolar ko‘p kuzatilayotgan mahallalarda vaziyatni manzilli o‘rganish;
✅ Mas’ul tashkilotlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish;
✅ Mahallabay va xonadonbay ishlash tizimini kuchaytirish;
✅ Har bir murojaatning ijrosi va natijadorligi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish.
✅ Deputatlik nazoratining asosiy vazifasi — murojaatlar sonini qayd etish emas, balki ularning ortida turgan muammolarni aniqlash va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topilishiga erishishdir.
Aholining murojaati — mas’ul tashkilotlar faoliyatini baholashning muhim mezoni. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilaning muammosi va hal etilishi lozim bo‘lgan masala turadi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️