Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

QONUN IJROSI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI!

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Fotima Otaxonovna Seydabullayeva tuman Mahallalar uyushmasida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat davomida mutaxassislar qonun ijrosida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Bildirilgan takliflarni tegishli Kengashlar hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga yetkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 1