Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi

Tuman mahallalari uyushmasi faoliyati o‘rganildi

Hududlarda mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doimiy e’tibor talab etadi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bo‘limning ish faoliyati, mahallalar bilan hamkorlikni tashkil etish, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Ish jarayonida hujjatlarning yuritilishi, topshiriqlar ijrosi va mavjud masalalar yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2