Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E.Babayev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar bilan ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosining holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholiga sifatli va manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 6