Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏢 AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 22-Mexrjon saylov okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich faoliyat yuritayotgan “Kichik Xirmontepa” mahallasida aholi murojaatlari asosida ko‘p qavatli uylarning mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahalladagi ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarini ta’mirlash, tom qismlarini tiklash va foydalanish holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

“Makskurlider” boshqaruv servis kompaniyasi ustalari tomonidan mahalla hududidagi 24-, 108- va 16-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlarida ta’mirlash ishlari bajarilib, chakki o‘tish muammosini bartaraf etish hamda tom qoplamalarini yangilash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, 28-sonli ko‘p qavatli uyning ikkinchi yo‘lagida mukammal ta’mirlash ishlari yakunlandi.

Slide 1 of 8