Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“AMUDARYO” MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALALARI DEPUTATLIK E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati K. Babajanov tomonidan Hazorasp tumanidagi “Amudaryo” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish masalalari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🔎 O‘rganishda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, suv ta’minoti xizmatlarining sifati va uzluksizligi, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqildi. Qonun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 

🏛 Deputatlik o‘rganishining maqsadi — mahallada suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni aniqlash, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish. 

Slide 1 of 4