Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

24 TA TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA XONDOMIR MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Kamolitdin Azizov hamda Sanjar Djalolovlar tomonidan Xondamir mahallasida mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📁 O‘rganish jarayonida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida biriktirilgan vazifalar ijrosi, mahallada aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va yoshlar bandligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📇 Jumladan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📊 Bundan tashqari, mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish hamda ularni ijtimoiy himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ishsiz yoshlarni bandlikka jalb qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4