Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA

DEPUTATLAR BILAN INDIVIDUAL SUHBATLAR O‘TKAZILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi topshirig‘i doirasida individual suhbatlar tashkil etildi.

Suhbatlar davomida deputatlik faoliyatini tashkil etish, saylov okruglarida olib borilayotgan ishlar va mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratilmoqda.

Jarayon deputatlarning vakillik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli o‘rganish va mahalliy Kengashlar ishini rivojlantirishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotning bir qismi hisoblanadi.

O‘rganish natijalari umumlashtirilgan holda tahliliy hamda amaliy vazifalarni hal etishda foydalaniladi.

Slide 1 of 4