Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

Saylovchilarga axborot berildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova okrugda saylovchilarga 2026-yilning 3-choragida amalga oshrilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Saylovchilar bilan uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar va qarorlar, shuningdek, mahalliy Kengash faoliyati hamda deputatlik vakolatlari doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Axborotda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini hal etish hamda mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, saylovchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, aholi manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4