Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 19-«Guruchariq» saylov okrugi deputati Turdiqul Bobomuratov 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuvda «Guruchariq», «Chinniobod» va «Qorasaroy» mahallalari faollari hamda 28-sonli umumta’lim maktabi vakillari ishtirok etdi.

🔹 Hisobot davomida deputat chorak mobaynida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 3 ta sessiyasi va
2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etgani, tuman hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslar bilan qatnashgani haqida ma’lumot berdi.

🔹 Shuningdek, saylovchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida kommunal infratuzilma, ekologik holat, hujjatlashtirish hamda ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilgani ta’kidlandi.

🔹 Jumladan, «Qorasaroy» va «Chinniobod» mahallalari hududida 340 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanib, tasdiqlangan. Kelgusida qurilish ishlarini tashkil etish yuzasidan tegishli choralar belgilangan.

🔹 Bundan tashqari, «Chinniobod» va «Guruchariq» mahallalarida elektr tarmoqlari tayanchlari hamda suv quvurlarini yangilash ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.

🗣 Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va savollarini bildirdilar. Deputat tomonidan murojaatlarga javoblar berilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida deputat kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar bilan o‘rtoqlashib, saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, ularning manfaatlarini ifoda etish hamda hududdagi dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishini bildirdi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7