Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YOSHLAR MASALALARI YUZASIDAN MULOQOT O‘TKAZILDI

#deputat_va_yoshlar
#yoshlar_maslahat_guruhi

YOSHLAR MASALALARI YUZASIDAN MULOQOT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Yoshlar maslahat guruhi a’zosi bilan uchrashib, guruh faoliyatini samarali tashkil etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, yoshlar manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud masalalarni hal etishda deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish va ularning muammolarini tegishli tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 1