Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar
tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar va takliflar tinglandi. Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.
Shuningdek, deputat G.Soliyeva 2026-yilning 9 oyi davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash va aholi muammolarini hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3