Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

NURLI PANGAT MAHALLASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati
#162_ta_qonun_ijrosi

NURLI PANGAT MAHALLASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida bo‘lib, mahalla raisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallani rivojlantirish, hududda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan muammolarni birgalikda hal etish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1