Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📚 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi. o‘rganildi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati B.To‘rayeva hamda Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov tomonidan Oqtepa mahallasidagi 34-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganishda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, maktabning moddiy-texnik holati va sport zalidan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
📌 Ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2