Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

Bunyodkor MFYda joylashgan Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 2-"Bunyodkor" saylov okrugi deputati Ibodov Ilxom Sodiqovich tomonidan Bunyodkor va Sholikor MFY hududida joylashgan 54-sonli umumta’lim maktabining hamda 2-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda isitish tizimining texnik ahvoli o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab va bog'cha binosidagi isitish tizimining holati, uning mavsum davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash, sinfxonalarda me’yoriy haroratni saqlash hamda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5