Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Saylovchilar_bilan_uchrashuv #Kunlik_ish_reja_ijrosi

#Saylovchilar_bilan_uchrashuv
#Kunlik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-«Xo‘jaqiya» saylov okrugi deputati R. Joyliyev tashabbusi bilan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari ham ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va muammolar tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga hisobot berildi. Jumladan, mahalladagi Mustaqillik ko‘chasida tosh to‘kish ishlari amalga oshirilib, aholiga qulay sharoit yaratishga hissa qo‘shildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1