📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining doimiy komissiya raisi, deputat B.Toshpo‘latov hamda soha ekspertlari ishtirokida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
🔸Ushbu o‘rganishlar davomida 5-“Qaliya” saylov okrugi hududida 2026-yilning 3-choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini ta‘minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🔸Sessiya oldidan o‘tkaziladigan bunday nazorat tadbirlari hududdagi real holatni baholash va muammolarga to‘g‘ri yechim topishda muhim poydevor bo‘ladi. O‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri yakunlari bo‘yicha to‘plangan barcha ma‘lumotlar, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar va mas‘ul mutasaddilar ishtirokida keng muhokama qilinishi rejalashtirilgan.