2-bob. Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi deputatlik odobi
🔹 Deputat majlislarda belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ishtirok etishi shart.
🔹 So‘zga chiqqanda hurmat, odob va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi lozim.
🔹 Boshqa deputatlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi so‘z va harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
🔹 Majlis tartibiga xalaqit bermasligi, asossiz ravishda majlis zalini tark etmasligi lozim.
🔹 Deputatlik faoliyatida belgilangan Reglament va qoidalarga qat’iy rioya qilishi shart.
🔹 Deputat o‘zining tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi bilan Kengashga hurmatini namoyon etishi kerak.
🔹 Deputat sessiya va majlislarda shaxsan ovoz berishi shart.
⚖️Qoidalarni buzgan deputatga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar qo‘llanilishi mumkin.