Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

SAYLOVCHILAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat G.Islamova tomonidan saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Yangiyer–Do‘stlik yo‘nalishidagi D-041 avtomobil yo‘lidan 8- va 10-sonli umumta’lim maktablarida tahsil oluvchi jami 355 nafar o‘quvchi har kuni kesib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Mazkur yo‘l qismida svetofor mavjud emasligi o‘quvchilarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini ta’minlash masalasini dolzarb etmoqda.

Shu munosabat bilan, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda mazkur yo‘l qismini svetofor bilan jihozlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4