Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YOSH VATANPARVARLARNI TARBIYALASH — MUQADDAS BURCH!

🤝 Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zASDPdan saylangan 9-Mirzadala okrugi deputati I.Xolmurzayev, tuman “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari bo‘limi raisi P.Bayzoqov, mahalla “Keksalar guruhi” raisi E.Toshpo‘latov, maktab o‘qituvchilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.
💬 Davra suhbati davomida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda yurt taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirish hamda faxriylarning hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish masalalari muhokama qilindi.
🌟 Vatanparvarlik — Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va kelajak oldidagi mas’uliyatdir!