Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masala #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #162_qonun “Majnuntol” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Majnuntol” mahallasida hudud profilaktika inspektori — uchastka noziri faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, oilaviy-maishiy nizolarni barvaqt aniqlash va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar hamda profilaktika inspektorining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligiga oid navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tashkil etildi.

Deputatlik nazorati — muammolarni joyida aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy mexanizm.