Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

24_ta_masalav

SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLAR HIMOJASI DEPUTAT EʼTIBORIDA
Tadbirlar va hamkorlik:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Seydabdullayeva Fotima Otaxonovna tumandagi texnikumda Tuman ichki ishlar boʻlimi masʼul xodimi bilan hamkorlikda uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida texnikum oʻquvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi 547-sonli Qonuni ijrosi va mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatning asosiy mazmuni:
Shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi: Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini noqonuniy yigʻish, saqlash va tarqatishga yoʻl qoʻymaslik tartibi;
Kiberxavfsizlik va ogohlik: Raqamli makonda va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy maʼlumot xavfsizligini taʼminlash, kiberjinoyat hamda firibgarlik tuzoqlariga tushib qolmaslik qoidalari tushuntirildi.