IJTIMOIY REESTRDAGI OILALAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA
Oʻrganish manzili va ijrosi:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov mahallasida Ijtimoiy reyestrda turgan oilalarning yashash sharoiti va ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini oʻrgandi.
Asosiy eʼtibor berilgan masalalar:
Bandlik: Ishsiz oila aʼzolarini aniqlash va ularning bandligini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ijtimoiy koʻmak: Davlat tomonidan ajratilayotgan yordam va xizmatlarning manzilli hamda oʻz vaqtida yetib borayotganini baholash.
Kutilayotgan chora-tadbirlar:
Aniqlangan kamchiliklar va ishsizlik masalalari yuzasidan masʼul tashkilotlarga deputat soʻrovlari yuboriladi va nazoratga olinadi.