12-BAND IJROSI: KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M.Kilichov tomonidanhududidagi ko‘p qavatli uylarda liftlarning ishlash holati o‘rganildi.
🙏 O‘rganish davomida 2022-yilda qurilgan ko‘p qavatli uylar jami 11 ta kirish yo‘lagidan iborat bo‘lib, ularning birortasidagi lift faoliyat yuritmayotgani aniqlandi.
🌐 Mazkur holat aholiga, ayniqsa, keksa yoshdagi fuqarolar va bolalarga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.
✅ Maqsad — liftlarning ishlashini ta’minlash, aniqlangan muammoni mas’ullar oldiga qo‘yish va uning yechimi ustidan deputatlik nazoratini olib borish.