Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputatlik nazorati — aholi muammolari e’tiborda

XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
Deputatlik nazorati — aholi muammolari e’tiborda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattorova Gulzor mahallasida bo‘lib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, Oq oltin ko‘chasidagi 35-uyda yashovchi Ro‘z imova Nilufar xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida fuqaroning oilaviy ahvoli, yashash sharoiti hamda mavjud muammolari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining manzilliligini ta’minlashga xizmat qiladi.