Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

FARHOD MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov tomonidan Farhod mahallasi hududidagi “Fayzli mahalla” BSK faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarning obodonlashtirilganlik holati, bolalar maydonchalarining saqlanishi, hudud tozaligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

🕯 Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, umumiy foydalanishdagi hududlarni tartibli saqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗂 Mazkur o'rganish O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonuni talablarining ijrosini nazorat qilish doirasida tashkil etildi. Xususan, ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining sanitariya holatini saqlash, ularni obodonlashtirish hamda boshqaruv tashkilotlarining o‘z vazifalarini bajarishi masalalariga e’tibor qaratildi.

🗣 Bundan tashqari, bolalar maydonchalari, yashil hududlar va boshqa umumiy foydalanish joylarini saqlash, ularni tartibga keltirish hamda aholining ushbu hududlardan xavfsiz foydalanishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📈 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarni mavsumiy sharoitlarga tayyorlash, tozalik va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

💼 Ushbu o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilov ham ishtirok etdi.

📈 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonunchilik talablarining amalda bajarilishini nazorat qilish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida mas’uliyatni oshirish, hududlarning obodligi va sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini ta’minlashdan iborat.

🧠 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududlarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va qonun talablariga rioya etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4