Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🚛 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida

🚛 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
🌟O‘rganish davomida hududda sanitariya tozaligi va ekologik barqarorlikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish hamda aholi uchun toza va ozoda muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌟Mas’ullar tomonidan chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌟Deputat H. Karayeva mazkur yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish, aholi murojaatlariga befarq bo‘lmaslik va hududlarda sanitariya holatini doimiy nazorat qilish muhimligini ta’kidladi.
🌟O‘rganishlar davom etmoqda. Hududlarda tozalikni ta’minlash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3