Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

XONADONLARNI OBODONLASHTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasida bo‘lib, xonadonlardan birida obodonlashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari hamda mavjud muammolarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida xonadon hududini tartibga keltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tomorqa va boshqa xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish orqali oilaning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar uchun mavjud imkoniyatlar, tashabbuslarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar xonadonni obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, oilaning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.

Aniqlangan muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilash va fuqaroga mavjud imkoniyatlardan foydalanishda ko‘maklashish yuzasidan tavsiyalar berildi.

MAQSAD — OBOD XONADON, DAROMADLI OILA VA FAROVON MAHALLA!

Slide 1 of 2