Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI OʻRGANILDI

 OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
kotibiyat mudiri R.Nodirov, Kengash deputati B.Abdurahimov, Kengash huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Mo‘ydinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
A.Fozilov tomonidan Gulobod mahallasida joylashgan 2-son oilaviy poliklinika
faoliyati o‘rganildi.
 

O‘rganish
jarayonida poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlashilib,
ularning tibbiy xizmat sifati, shifokorlar qabuli hamda aholiga yaratilgan
sharoitlar yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglandi.
 

Fuqarolar
tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, aholiga
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda mavjud
muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 3