Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Hamkorlik #Huquqiy_maslahat

#Hamkorlik
#Huquqiy_maslahat

Deputatlarga sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi

📘Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputatlari “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti xodimi S.M.To‘ymaeva bilan uchrashib, Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar oldilar.

📙Muloqot davomida masalalarning huquqiy jihatlari, qaror loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish hamda deputatlik faoliyatida huquqiy yondashuvning ahamiyati muhokama qilindi.

📕Bunday hamkorlik deputatlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sessiya muhokamalarining sifatini oshirish hamda qonuniy va asosli qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashadi.

Slide 1 of 4