Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Deputat_so‘rovi

🔰Tuman Kengashining 6-okrug deputati T. Xoliqov “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Mustaqillik” va Amir Temur ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini inobatga oldi.

🔰Mazkur ko‘chalarda yashovchi fuqarolar tomonidan elektr ta’minotidagi mavjud muammolar, jumladan, transformatorlarni ta’mirlash zarurligi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar asosida deputat tomonidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔰Ushbu so‘rovdan ko‘zlangan maqsad — fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.

🔰Deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2