2026-yil 16-oktyabr kuni soat 10-00 da Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
🔴Sessiya kun tartibida:
🟡Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning uchinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori axboroti;
🟡Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil uchinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti;
🟡Bo‘stonliq tumani budjeti daromadlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha prognozdan oshirib bajarilgan qismi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan tuman hokimligi takliflari;
🟡Bo‘stonliq tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti;
🟡Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ tuman filiali rahbarining hisoboti tinglanadi.