Jańalıqlar

💊 DEPUTAT NAZORATI — DORI VOSITALARI TA’MINOTI E’TIBORDA

💊 DEPUTAT NAZORATI — DORI VOSITALARI TA’MINOTI E’TIBORDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Ernazarova viloyat kotibiyati mas’uli bilan birgalikda tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, ichki dorixona faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, bemorlarga bepul beriladigan dori-darmonlarni belgilangan tartibda tarqatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, dori vositalarining bemorlarga o‘z vaqtida va adolatli yetkazilishini ta’minlash, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2