Jańalıqlar

SARDОBA TUMANIDA DEPUTATLAR KO‘TARGAN MUAMMOLARNING IJROSI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI.

Yig‘ilishning birinchi masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan avvalgi oylarda deputatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning bajarilish holati ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning tushuntirishlari tinglandi. Muammolarni hal etish imkoniyatlarini o‘rganish, bajarilmagan vazifalar ijrosini jadallashtirish hamda har bir masala bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
Asosiy maqsad — deputatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni faqat muhokama qilish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash va ijrosini deputatlik nazorati ostida olib borish.

Slide 1 of 4