Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#24_tavsiya #yoshlar_maslahat_guruhi 📚 Yoshlar va ijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

#24_tavsiya
#yoshlar_maslahat_guruhi


📚 Yoshlar va ijodkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Termiz shahridagi Viloyat bolalar kutubxonasida yozuvchi, shoir, jurnalistlar hamda yosh ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar adabiyot, ijod va yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol qatnashgan ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbirda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 11-«Navro‘z» saylov okrugi deputati, N.To'rayev ham ishtirok etdi.Yoshlar guruhi maslahati aʼzolari ham qatnashdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda avlodlar o‘rtasida ustoz-shogird anʼanalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1