Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔥 MARKAZIY SHIFOXONANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zEkologik partiyasidan saylangan 18-Toshkent okrugi deputati Z.Fozilov tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 11-bandi ijrosi doirasida tuman markaziy shifoxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida shifoxonada yangidan o‘rnatilgan qozonxona pechlari ko‘zdan kechirilib, ularning kuz-qish mavsumida foydalanishga tayyorligi, texnik holati hamda isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyatlari bilan tanishildi.
Shuningdek, mavsumni betalofat o‘tkazish, shifoxona binolarida zarur haroratni ta’minlash hamda bemorlar uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.