Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔹 Mirzadala mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashiga O‘zASDPdan saylangan 9-Mirzadala saylov okrugi deputati I. Xolmurzayev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 23-bandi ijrosi yuzasidan o‘zi saylangan Mirzadala mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
🔧 O‘rganishda hududda axoli bandligi masalalari bo'yicha temir darvoza ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning amalga oshirayotgan ishlari, ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar, taklif va mulohazalari tinglandi.