Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Yo‘lchilar ovul fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

📊 O‘rganish davomida qanday natijalarga erishilgani ma’lum bo‘ldi?

✅ Joriy yil boshidan buyon Yo‘lchilar OFYda 44 ta mikroloyiha ishga tushirilgan.

👥 Ushbu loyihalar orqali 80 nafardan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlangan.

💰 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istagida bo‘lgan 40 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

🤝 Mazkur ishlar aholi daromadlarini oshirish, oilalar farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 O‘rganishlar davomida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4