Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI

#Sessiya_oldi_organish #24_ta_tavsiyaviy_savol #19_1_Modda_ijrosi

❗️YASHNOBOD TUMANIDAGI “YANGI DAVR” MAHALLASIDA KOMMUNAL SOHANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI

🏛 Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Muminov hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Davronbek Ravshanbekov va Sevara Fayziyevalar birgalikda Yashnobod tumanidagi “Yangi Davr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek, ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash masalalarini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 69-uy qarshisida hamda 9- va 10-tor ko‘chalarda joylashgan elektr ustunlarini tartibga keltirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

⚡️ Shuningdek, Farg‘ona yo‘li 10-tor ko‘chasidagi ko‘cha yoritish tizimini yangilash, elektr ustunini almashtirish hamda 9A-uydagi elektr uskunasining texnik holatini o‘rganish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

💧 Tashrif davomida Farg‘ona yo‘li 9-tor ko‘chasida 150 metr uzunlikdagi ichimlik suvi quvurini yangilash yuzasidan fuqaro murojaati ko‘rib chiqilib, suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Bundan tashqari, mahalla hududidagi gaz quvurlarini bo‘yash va tartibga keltirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida tuman elektr tarmoqlari, suv va gaz ta’minoti tashkilotlari rahbarlariga kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10