Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati O‘zLiDeP a’zosi F.Mamajonov tomonidan Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 8-sentyabrdagi “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-son qonuni ijrosi o‘rganildi. O‘rganishda muassasa
mas’ul xodim Q.Boyzaqov ishtirok etdi. Qonunning 11-moddasida ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish belgilangan. Biroq, o‘rganishda ta’lim
muassasalarida faqat kiberxavfsizlik bo‘yicha tadbirlarga asosiy urg‘u berilgan. Ushbu qonun ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar ko‘rsatib berilmadi. Bundan tashqari ta’lim muassasalaridagi barcha kompyuterlar va ichki internet tarmog‘i maxsus dasturiy ta’minot va kontent-filtlar bilan jihozlanmagan. O‘rganish davomida yuqoridagi qonun talablariga to‘liq rioya qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqib, 15 kun muddat ichida shahar kengashiga taqdim etish so‘raldi.