Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🌿 O‘zbekiston mahallasida tozalik va obodonlashtirish ishlari.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashiga 2-Bog‘don saylov okrugidan saylangan deputat A.O‘mirzoqov tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston mahallasida tozalik va obodonlashtirish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
🧹 Tadbir davomida mahalla hududidagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, ko‘cha va umumiy foydalanish joylarini toza saqlash, hududlarni obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi.
🤝 Shuningdek, mahalla yettiligi va fuqarolar bilan hamkorlikda hududda tozalikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish hamda har bir xonadon va jamoatchilikning bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌱 Mahalla hududining obodligi va tozaligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1