Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🌿 Oqtom mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi a’zolari yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda Oqtom mahallasida obodonlashtirish va hududni tozalash ishlarida ishtirok etdi.
🧹 Tadbir davomida mahalla hududidagi yo‘l bo‘ylari va ochiq maydonlar tartibga keltirilib, ortiqcha o‘t-o‘lanlar tozalandi hamda hududning obodonlashtirish holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.
🤝 Mazkur tashabbus yoshlarning jamoat ishlaridagi faolligini oshirish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratildi.
🌱 Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarda shu kabi ezgu tashabbuslarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2