Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏛 DEPUTAT NAZORAT OLIB BORISH HUQUQIGA EGA.

O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunchiligiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashi deputatlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.
📌 Shuningdek, deputat Kengashga hisobot beruvchi yoki uning nazorati ostidagi organ va mansabdor shaxslardan:
— hisobotlarni;
— zarur axborot va ma’lumotlarni eshitish hamda talab qilish;
— Kengash majlislarida tegishli masalalar yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega.
⚖️ Deputatlik faoliyati — nafaqat vakillik, balki hududdagi muammolarni o‘rganish, ijroni kuzatish va jamoatchilik manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etishdir.
📚 Asos: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi.