Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash holati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ-406, 14.09.2016) ijrosini nazorat qilish doirasida “Yangi makon” OFYda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida “Yangi makon” OFY yoshlar yetakchisi Sh.Niyazimbetov tomonidan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🚚 Jumladan, fuqaro **Sh.D.**ning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yuk mototsikli xarid qilish maqsadida imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

🤝 O‘rganish jarayonida yoshlar muammolarini aniqlash, ularni bandlikka yo‘naltirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.