Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

224-MAKTABDA ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

224-MAKTABDA ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-“Chimboy” saylov okrugi deputati Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida Olmazor tumanidagi 224-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan Ilk rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔎 O‘rganish davomida markazda bolalarning erta rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning yosh xususiyatlari va individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni olib borish hamda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

✨ Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
B.Xoliqjonova va maktab ma'muriyati hamda Ilk rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

⚖️ QONUNCHILIK ASOSIDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga muvofiq, har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va maktabgacha ta’lim hamda tarbiya uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni kafolatlaydi.

➡️ Shuningdek, 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-sonli “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqini ta’minlash, ularni har tomonlama rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

➡️ 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun esa ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solib, ta’lim tizimining asosiy prinsiplari va ta’lim olish huquqining kafolatlarini mustahkamlaydi.

🎯 Asosiy maqsad — bolalarning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashishdan iborat.

✅ Deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, qonunchilik ijrosini tahlil qilish hamda mavjud masalalarga yechim topish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8