Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔰TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT.

📌Jizzax shahrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida soha vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K.Xolmurodov, shahar prokurori A.Sakiyev, Adliya boʻlimi boshligʻi I.Rashidov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

🔸Muloqot davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni joyida hal etish bo‘yicha masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, ishtirokchilarga qonunchilikdagi imtiyozlar, investitsiya salohiyati hamda bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

🔸Shuningdek, o‘z faoliyati, tashabbuskorligi va hudud iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan alohida namuna bo‘layotgan ilg‘or va faol tadbirkorlar munosib taqdirlandi.

Slide 1 of 4